Jahongir Usmonov
Kreativ prodyuser
2 yillik tajriba, 2 ta shaxsiy proyekt — production va content marketing, 50+ loyiha.
01 Men haqimda 2024 — 2026
Men kreativ prodyuserman.
Prodakshnlar — mening tizimim.
O'zini o'zi o'rgatgan videografdan kreativ prodyuserga keldim. Bugun loyihaning mazmuni menda — g'oya, strategiya, natija. Ijroni ikkita prodakshnim o'z zimmasiga oladi.
-
HYT.uzKontent-marketing
Brendni to'liq o'z zimmamga olaman: strategiya, ssenariy, prodakshn.
-
Raxmat VisualsVideo-prodakshn
G'oyani bering — s'yomka va montajni biz yig'amiz.
-
ProdyuserlikYirik loyihalar
Yirik va murakkab loyihalarni boshidan natijagacha olib boraman.
02 Faoliyatlar 18+ kishilik jamoa
Ikkita prodakshn.
Bitta standart.
Kontent-marketing va prodakshn — strategiyadan natijagacha
Muddatli to'lovga smartfonlar
Terabayt 24
2 yildan beri brendning kontentini birga qilamiz.
01 Vazifa
Auditoriya giveaway hisobiga o'sgan edi. Obunachi ko'p, lekin brendni hech kim eslab qolmasdi.
02 Nima qildik
Har oy 15–20 ta Reels brendni tanitadi, 20 ta target kreativ auditoriyani do'konga olib keladi. 2 yildan beri shu tizim to'xtamasdan ishlaydi.
03 Natija
- 279K → 544K obunachi
- 6 oyda 54 mln+ ko'rish
- Hamkorlik davomida 7 ta yangi filial
Videolar 6 ta video
Kumush zargarlik
Arian Silver
12 ta syujetli Reels, reklamasiz.
01 Vazifa
Trend roliklar ko'rilardi, lekin brend boshqa zargarlik do'konlaridan farq qilmasdi.
02 Nima qildik
Trendlar o'rniga sevgi, oila va juftliklar haqida syujetli Reels qildik, ba'zilari 2,5 daqiqagacha. Maqsad bitta: sevgan insonga sovg'a kerak bo'lsa, odam Arian'ni eslasin.
03 Natija
- 12 ta Reels — 15 mln ko'rish
- Har bir Reels o'rtacha 1 mln dan ortiq
- Organika, reklamasiz
Videolar 6 ta video
Smartfonlar, muddatli to'lov, trade-in
Orzu Mobile
Yangi brendni noldan ishga tushirdik.
01 Vazifa
Akkaunt bo'sh, auditoriya yo'q, do'kon hali ochilmagan edi.
02 Nima qildik
Birinchi oy reklama qilmadik, Reels va kreativlar bilan ishonch qurdik. Ikkinchi oy performance'ni yoqdik. Hozir Reels brendni tanitadi, target har kuni sotuv olib keladi.
03 Natija
- 0 → 38K obunachi
- Oyiga 5,8 mln gacha ko'rish
- Do'kon ochildi, sotuv har kuni
Videolar 6 ta video
Premium skincare
ShineSkin
Brendni poydevoridan qayta ishga tushirdik.
01 Vazifa
Premium mahsulot, lekin brend kam tanilgan edi.
02 Nima qildik
Pozitsiya va Tone of Voice'dan boshladik, brendga mos UGC blogerlarni tanladik, strategiya tuzdik. Keyin sifatli kontent va target kreativlar.
03 Natija
- Brend yangi pozitsiya va yagona ovoz bilan qayta ishga tushdi
- Kontent va target bitta strategiya asosida ishlaydi
Videolar 6 ta video
Xususiy maktab
Interhouse Lyceum
Akkauntni maktab darajasiga mos qilib qayta upakovka qildik.
01 Vazifa
Ta'lim kuchli, lekin Instagram'da maktab arzon ko'rinardi. Ota-onalar esa birinchi taassurotni aynan shu yerda oladi.
02 Nima qildik
Akkauntni boshidan qayta qurdik. Kontentda maktab hayoti, o'qituvchilar va o'quvchilar. Syomkalarda butun maktab qatnashadi, ayrim sahnalar AI bilan qilinadi.
03 Natija
- 3 ta test videodan 4 oyda 30+ rolikka
- Kontent ishonch uyg'otadi va maktab maqomini ko'rsatadi
- Maktabning o'z marketing bo'limi bor, kontentni esa bizga ishonadi
Videolar 6 ta video
Ko'chmas mulk
Ulkan Development
Italiano Vero turar-joy majmuasi
Majmuani kvadrat metr bilan emas, Italiya atmosferasi bilan ko'rsatdik.
01 Vazifa
Ko'chmas mulk reklamasi odatda bir xil: planirovka, kvadrat metr, qavatlar soni. Italiano Vero'ga boshqacha yondashuv kerak edi.
02 Nima qildik
Har bir rolikni Italiya atmosferasi atrofida qurdik. Tomoshabin kvartirani emas, bu yerdagi hayotni ko'rishi kerak edi.
03 Natija
- 1 ta test rolikdan keyin klient yana 9 tasini buyurtma qildi
- Hamkorlik davom etmoqda
Videolar 6 ta video
04 Bog'lanish
Keyingi loyiha
— sizniki
Ismingiz va Telegram'ingizni qoldiring — bir ish kuni ichida o'zim bog'lanaman va loyihani birga yig'amiz.